Shakar o‘rnini bosuvchilarning uglevod almashinuviga ta’siri va ularning 2-tip qandli diabet paydo bo‘lishidagi ehtimoliy ahamiyati
Аннотация
Maqsad. Tabiiy shakar o‘rnini bosuvchi modda – fruktozaning tajriba sharoitida kalamushlardagi uglevod
almashinuviga ta’sirini o‘rganish.
Material va metodlar. 25 ta og‘irligi 160–180 gr atrofidagi oq rangli erkak tajriba kalamushlariga 600 mg/
kg miqdorda sintetik fruktoza eritmasi og‘iz orqali kiritilgan. Tajriba hayvonlarining qon zardobida glyukoza,
insulin, umumiy oqsil, albumin, ALT, AST, siydikchil, kreatinin, xolesterin, triglitserin, zichligi yuqori lipoprotein
(ZYLP), zichligi past lipoprotein (ZPL), Na, Ca, K mikroelementlar miqdori aniqlandi.
Natijalar. Tajribaning 15-kunida hayvonlarining qon zardobida glyukoza miqdori nazorat ko‘rsatkichiga
nisbatan 29,3% ga, 30-kunida esa 59,5% ga ortdi. 30-kunda bu ko‘rsatkichlar statistik ishonchli bo‘ldi
(p>0,05). Insulin miqdori esa tajribaning 15-kunida nazorat ko‘rsatkichidan 88,5% ga (p<0,001), 30-kunida esa 68,9% ga (p<0,001) ortiq bo‘ldi. Hayvonlarning tana vazni tekshirilganda, nazorat guruhiga
qaraganda 15-kuni 10,9% ga, 30-kuni esa 24,4% ortganligi aniqlandi. Tana vaznining ortishi, glyukoza,
insulin, xolesterin, triglitserid va zichligi past lipoproteinlar miqdori sezilarli oshganligi giperglikemiya va
semizlik rivojlanishiga olib keldi.
Xulosa. 2-tipdagi qandli diabetning paydo bo‘lishida shakar o‘rnini bosuvchi fruktozaning o‘rni mavjud.
Shuningdek, fruktoza organizmda yog‘lar almashinuviga ta’sir ko‘rsatadi va semizlik rivojlanishining asosiy
sabablaridan biridir.
